Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

300 yil muqaddam olingan kitob kutubxonaga qaytarildi

300 yil muqaddam olingan kitob kutubxonaga qaytarildi

Foto: «Sheffield Cathedral»ning «Facebook»dagi sahifasidan

Uelslik ayol 300 yil muqaddam olingan kitobni kutubxonaga qaytardi. Bu haqda UPI axborot agentligi xabar bermoqda.

1704-yilda chop etilgan «Angliya cherkovi odamining e’tiqodi va marosimlari» kitobi Sheffild Kafedral soboriga pochta orqali yetib keldi. Paketda qayd etilgan yozuvga ko‘ra, jo‘natuvchi Uelsda istiqomat qiladi, u kitobni marhum cho‘qintirgan onasining buyumlari orasidan topib olgan. Marhum kitobni kutubxonaga qaytarishni vasiyat qilgan.

«Ichi juda chiroyli yozilgan: «Bu kitob Sheffild cherkovi kutubxonasiga tegishli», ya’ni Sheffild soboriga, — deydi Sheffild Kafedral sobori vitse-dekani, kanonik Kit Ferrou. — Shubhasiz, uni kutubxonadan olishgan va qaytarishmagan».

Kanonik kechiktirgani uchun jarima soborning yangi tomini to‘lash uchun bemalol yetardi, deya hazillashdi.

«Ammo men oilasiga jarima undirmaslikka va’da berdim: ular kitobni qaytarishdi va bu ajoyib», — dedi u.

Sobor kutubxonasi 1800-yillarda yopilgunga qadar shahar aholisi orasida juda mashhur bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring