Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

90 yoshli geymer-buvi Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi

90 yoshli geymer-buvi Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi

Foto: «guinnessworldrecords.com»

Ginnessning rekordlar kitobi ekspertlari yaponiyalik 90 yoshli Xamako Morini dunyodagi eng keksa geymer sifatida rasman tan oldi, deya xabar berdi nashr sayti.

Rekordchi buvi 39 yil oldin, taxminan 1981-yilda o‘yin o‘ynashni boshlagan. U joystikka yopishib qolgan bolalarni ko‘rganda bunga qiziqib qolgandi. Rekordchi darrov tajribali geymer bo‘lib qolgani yo‘q. Boshida Xamako Mori nuqul yutqazib qo‘yardi.

Lekin vaqt o‘tishi bilan qanday yurish kerakligi va manyovrlarni o‘zlashtirib oldi. Hozir o‘zining «Gamer grandma» YouTube-kanalida o‘yinlardagi missiyalardan o‘tish va dushmanlarni yo‘q qilishni o‘rgatadi. Unga 187 mingta foydalanuvchi obuna bo‘lishgan. Ular buvining darslari ostida ko‘plab ijobiy sharhlar qoldirishadi.

Shu yoshiga qaramay istarasi issiqqina Xamako Mori «Call of duty: Modern warfare» kabi qonli otishma yoki «GTA 5» singari dahshatli poygalarni o‘ynashni yoqtiradi.

«Bu o‘yinlarga sho‘ng‘iganimda chiqolmay qolaman. Juda qiziqarli», — deydi geymer-buvi.

Xamako Mori kuniga yetti-sakkiz soatlab o‘yin o‘ynashini, lekin buni behuda vaqt sarflash deb hisoblamasligini tan oldi.

«Shuncha umrimni videoo‘yinlarga bag‘ishlaganimni to‘g‘ri qaror deb hisoblayman. Men chindan ham hayotimdan zavq olyapman — o‘zimni juda yaxshi his qilyapman», — deya ichki kechinmalarini tushuntirishga harakat qildi Mori.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring