Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda yillik za’faron ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Afg‘onistonda yillik za’faron ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 16-18 noyabr kunlari Afg‘onistonning G‘arbiy Hirot viloyatida ayollar va qizlar ishtirokida har yili o‘tkaziladigan za’faron ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Bu yilgi za’faron hosili ikki barobarga ko‘paygan, deydi fermerlar. Biroq hosilga yaxshi bozorning yo‘qligi fermerlar uchun jiddiy muammo. 

«Bizning yagona tashvishimiz eksport. Barcha davlatlarning eshiklari bizga yopiq», - deydi za’faron sotuvchi Abdul Razzoq.

«Mahsulotimiz o‘tgan yilgidan yaxshi, lekin afsuski, eksport bilan bog‘liq muammolar bor va bizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘q», – deydi za’faron savdosi bilan shug‘ullanuvchi Muhammad Juma.

Ko‘rgazmada jami 37 ta stend namoyish etilmoqda. Za’faronning 80 foizdan ortig‘i Hirotlik ayollar tomonidan yetishtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring