Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘onistondagi urush AQShga oyiga qanchaga tushmoqda?

Afg‘onistondagi urush AQShga oyiga qanchaga tushmoqda?

Foto: «625-net»

Afg‘onistondagi urush har oy AQSh g‘aznasidagi 4 mlrd. dollarni havoga sovuryapti. Bu haqda Iroqdagi urush veterani, Kongress vakillar palatasining Gavayi 2-saylov okrugidan a’zosi Tulsi Gabbard prezidentlik debatlari chog‘i ta’kidladi.

Tulsi Gabbard — Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod.


Mavzuga oid: Gavayilik qahramon AQShni o‘zgartirmoqchi. Prezidentlik poygasiga yana bir xonim qo‘shildi


Gabbard agarda uni prezidentlikka saylashsa, AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan butunlay olib chiqib ketishga qasam ichdi. U amaldagi prezident Donald Trampni qo‘shinlarni Afg‘onistondan tezda olib chiqaman deb xalqini aldaganlikda aybladi.

«Bizning hammamizni aldashdi. Bu — sotqinlik», — Gabbarddan iqtibos keltirmoqda «Khaama Press». «Muammo shundaki, amaldagi prezident bizni sotishda davom etyapti. Men hukumat tepasida bo‘lgan birinchi yilimdayoq qo‘shinlarimizni uyga qaytarish bo‘yicha ma’muriyatni qistovga olaman. Biz to‘g‘ri yo‘lni tanlashimiz, rejimni o‘zgartirishimiz, serxarj urushlarga chek qo‘yishimiz shart. Biz qimmatbaho resurslarimizni shu yerda, shu mamlakatda yashayotgan insonlarning ehtiyojlariga ishlatish o‘rniga, Afg‘onistonda davom etayotgan urushga har oy 4 mlrd. dollardan sarflayapmiz».

Ma’lumot uchun: hozir NATO missiyasi doirasida Afg‘onistonda qariyb 14 000 nafar amerikalik harbiy xizmatni o‘tayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring