Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akulalar futbolchini tilka-pora qilib tashladi

Akulalar futbolchini tilka-pora qilib tashladi

Foto: «Yandex.ru»

Avstraliyada dengizga tushib ketgan nemis futbolchisini akulalar g‘ajib tashlashdi, deya xabar berdi «Chempionat.com».

Amerikaning «Gasting Bronkos» futbol jamoasi o‘yinchisi Erik Birigitti Yashil qit’ada do‘stlari bilan ta’tilda bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, 21 yoshli sportchi serqoya qirg‘oqda sayr qilib yurgan. Bexosdan sirpanib ketib, jarlikdan suvga tushib ketadi. Shu zahoti oqim uni dengizga oqizib ketadi. Do‘stlari sportchini qutqarishga rosa urinishadi. Hodisa joyiga qutqaruv xizmati chaqiriladi.

Portalning ma’lum qilishicha, o‘sha kuni kechasiyoq futbolchining qoldiqlari topiladi. Taxminlarga ko‘ra, ochiq dengizda Birigittiga akulalar hujum qilishadi va uni yeb qo‘yishadi.

Bu paytda uning tirik bo‘lgan-bo‘lmaganini nashr ma’lum qilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring