Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerika Eronga koronavirusga qarshi kurashishiga ruxsat berdi

Amerika Eronga koronavirusga qarshi kurashishiga ruxsat berdi

Foto: «News.myseldon.com»

AQSh koronavirusga qarshi vaksinalarini sotib olishi uchun Eron aktivlarini blokdan chiqarishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Eron Markaziy banki raisi Abdulnosir Ximmati ma’lum qildi, deya xabar berdi «Reuters» axborot agentligi.

«Amerikaning o‘zi barcha banklarimizga sanksiya qo‘lladi. Xalqaro hamjamiyatning bosimini his qilgandan keyingina bunga istisno tariqasida yo‘l qo‘ydi», — deb hisoblaydi Ximmati.

Aslida Vashington Tehronga shunchaki COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashishga ruxsat berdi. Aytishlaricha, Eron markaziy banki AQSh moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish idorasidan Shveysariya bankiga pul o‘tkazish uchun ruxsat olgan. Endi Tehron vaksina yetkazib berishlari uchun pul to‘lashi mumkin.

Eron dastlabki 16,8 million doza vaksinani import qilish uchun taxminan 244 million dollar to‘lamoqchi. Eronning «Shifa Pharmed» kompaniyasi ham o‘z preparatini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu esa Eron hukumati o‘rtasida bahs-munozaralarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Ularning ayrimlari chet el vaksinalarini sotib olishni joiz deb hisoblasa, ba’zilari — asosan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi a’zolari o‘zgalarning preparatlarini qo‘llashdan xavfsirashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring