Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerikalik qiz bir urinishda 48 ta xot-dogni paqqos tushirib, yangi rekord o‘rnatdi  

Amerikalik qiz bir urinishda 48 ta xot-dogni paqqos tushirib, yangi rekord o‘rnatdi   

Miki Sudo.

Foto: Helayne Seidman

Amerikalik Miki Sudo Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan xot-dog yeyish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi musobaqada yangi rekord o‘rnatdi. U 10 daqiqada 48 yarim dona xot-dogni paqqos tushirdi.

Ayollar o‘rtasidagi bunday musobaqa 2011-yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinadi. Sudo 2014-yildan beri ushbu tanlovning mutlaq g‘olibi hisoblanadi.

Uning shu vaqtga qadar rekordi 41 ta xot-dogni tashkil etgan. 2017-yilda u shunday natija qayd etgandi. Sudo o‘zining ushbu rekordini yangilaganidan xursandligini va o‘zini yaxshi his qilayotganini ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring