Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik taniqli aktyor uyidan o‘lik holda topildi

Amerikalik taniqli aktyor uyidan o‘lik holda topildi

Foto: «Doorfliesopen.com»

Gollivud aktyori Tommi Lister 62 yoshida Kaliforniyada vafot etdi. Bu haqda Los-Anjeles okrugi sherifining idorasiga asoslanib TMZ xabar berdi.

Listerning aloqaga chiqmay qo‘yganidan xavotirga tushgan do‘stlari va yaqinlari iltimosiga binoan kvartirasiga kirgan politsiyachilar uning jasadini topishdi.

Hozircha aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan deb taxmin qilinmoqda, ammo o‘limining aniq sabablari to‘g‘risida rasmiy xulosa murda tekshirilgandan so‘ng beriladi, deya xabar berdi RT.

«360» telekanalining ma’lum qilishicha, Lister «Juma», «Beshinchi element» va «Universal soldat» filmlaridagi rollari bilan tanilgan.

Yaqinda u «Qora ritsar» jangari filmida paydo bo‘lgandi. Shuningdek, Lister ayrim multfilm qahramonlariga ovoz bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring