Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh harbiylari Suriyada Rossiya generalini qo‘lga olgani xabar qilindi

AQSh harbiylari Suriyada Rossiya generalini qo‘lga olgani xabar qilindi

AQSh va Rossiya harbiylari o‘rtasida Suriyada muammolar yuzaga kelmoqda. Bu haqda AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Jeyms Jeffri xabar berib o‘tdi.

Uning aytishicha, amerikalik harbiylar Manbij tomon yo‘lga chiqqan rossiyalik general-mayorni qo‘lga olgan. Ammo o‘sha vaqtda kelishmovchilikni har ikki mamlakat harbiylari o‘rtasidagi aloqa kommunikatsiyalari orqali har qilishga muvaffaq bo‘lishgan. Shu bilan birga AQSh harbiylari joylashgan hudud ustida Rossiya samolyotlari uchmasligi kerakligi ham aynan shu aloqa tarmog‘i orqali hal qilingan.

Jeyms Jeffrining aytishicha, muammolar 14 oy muqaddam boshlangan. O‘shanda rossiyaliklar AQShga tegishli hududlarda faollikni boshlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, 19 yanvarda AQSh harbiylari Rossiyaga tegishli zirhli texnikalarni neft konlari joylashgan hududga qo‘ymagani xabar qilingan edi. Rossiyaliklar o‘shanda ortga qaytishga majbur bo‘lishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring