Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh mudofaa vazirligi Eronga hujum qilish rejasini taqdim etdi

AQSh mudofaa vazirligi Eronga hujum qilish rejasini taqdim etdi

Foto: «Reuters»

AQSh mudofaa vazirligi mamlakat prezidenti Donald Trampga Eronga qarshi harbiy harakatlar rejasini taqdim etdi. Unga ko‘ra AQShning 120 ming askari Yaqin Sharqqa yuborilishi lozim.

Agarda Eron AQShning Yaqin Sharqdagi kuchlariga hujum qilsa yoki yadro quroli borasida tadqiqotlarni kuchaytirsa, Amerika urush ochmoqchi. Yaqinda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Bolton Eron qirg‘oqlari tomon «Avraam Linkoln» aviatashuvchisi va harbiy samolyotlar yuborilishini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 8 aprelda Eron hukumati AQSh armiyasi markaziy qo‘mondonligini terrorchi tashkilot sifatida rasman tan olgan edi. Shu bilan birga AQShning Yaqin Sharqdagi barcha harbiylari terrorchilarga tenglashtirilgan.

Bunga qadar Tramp Eronning sara harbiy qismi bo‘lgan maxsus kuchlarini terrorchilik tashkiloti sifatida tan olishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi. Eron va AQSh o‘rtasidagi keskinlik 2018 yilning may oyida Vashington yadro quroli bo‘yicha kelishuvdan bir tomonlama chiqib ketganidan so‘ng ortib ketgan edi.

Shundan so‘ng Eronga nisbatan yangi sanksiyalar ishga tushdi. Bu sanksiyalar neft eksporti, sanoat, savdo va Eron markaziy bankining dollar bilan bog‘liq amaliyotlariga qo‘llanilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring