Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Putinning Belarusga taktik yadro qurolini joylashtirish rejasiga javob qaytardi

AQSh Putinning Belarusga taktik yadro qurolini joylashtirish rejasiga javob qaytardi

Rossiyaning Belarusda taktik yadro qurolini joylashtirish rejasiga javoban Pentagon AQSh yadroviy kuchlarini o‘zgartirmasligini va buning uchun hech qanday sabab yo‘qligini aytdi.

«Biz Rossiya bayonotlari haqidagi xabarlarni ko‘rdik va vaziyatni kuzatishda davom etamiz. Bizda strategik yadroviy kuchlarimiz ish uslubini o‘zgartirishga hech qanday sabab yo‘q va biz Rossiya yadro qurolidan foydalanishga tayyorlanayotganidan hech qanday alomat ko‘rmayapmiz», deyiladi Pentagon bayonotida.

Reyter agentligining ma’lumot berishicha, Oq uy ham Putinning Belarusga taktik yadro qurolini joylashtirishiga shunday munosabat bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu yilning 1 iyuliga qadar Belarus hududida taktik yadroviy qurollarni saqlash ombori qurilishi yakunlanishini aytgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring