Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saratonga chalingan senator «prezidentlik poygasi»ga qo‘shilmoqchi

Saratonga chalingan senator «prezidentlik poygasi»ga qo‘shilmoqchi

Foto: «Tennessee Star»

Yana bir senator-demokrat 2020-yili AQSh prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylovlarda qatnashish niyatini bildirdi. Bu senatning koloradolik a’zosi, 54 yoshli Maykl Bennetdir. Shifokorlar unda saraton xastaligini aniqlashgandi.

«Men 2020-yilgi saylovga nomzodimni qo‘ymoqchiman», — dedi siyosatchi «CNN» telekanali efirida.

Maykl Bennet o‘z xastaligi erta bosqichda aniqlangani uchun, «prezidentlik poygasi»da bemalol qatnasha olishiga umid bog‘lamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bennet — AQShning Demokratlar partiyasidan bo‘lg‘usi prezidentlik saylovlariga ilgari surilayotgan yettinchi nomzod.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring