Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh va Britaniya yana Yaman hududiga zarbalar berdi

AQSh va Britaniya yana Yaman hududiga zarbalar berdi

AQSh va Britaniya yana Yamandagi hutiylar nishonlariga zarbalar berdi. Bu zarbalar Qizil dengizdagi kemalarga hutiylarning hujumlari soni ortib borayotganiga javob ekani aytilgan.

Yamanning «Al Masirah» nashri xabariga ko‘ra, Britaniya kuchlari AQSh bilan birgalikda zarbalar bermoqda. Telekanalning xabar berishicha, to‘rt viloyat: Al-Hudayda, Taiz, Dhamar, Al-Bayda va Saada hujumga uchragan.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi hutiylarning 14 ta raketa uchiruvchi ob’yektiga zarba berilgani haqida ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, dastlab 12 yanvar kuni AQSh va Buyuk Britaniya xalqaro koalitsiya ko‘magida samolyotlar va «Tomagavk» qanotli raketalari yordamida Yamandagi hutiy nishonlariga hujum qildi. Bir kun o‘tib, hutiy nishonlariga yana zarbalar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring