Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda bedarak ketgan sakkizta harbiy xizmatchi halok bo‘ldi deb e’lon qilindi

AQShda bedarak ketgan sakkizta harbiy xizmatchi halok bo‘ldi deb e’lon qilindi

Foto: «Nv.ua»

AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining harbiy mashg‘uloti vaqtida sodir bo‘lgan favqulodda hodisadan so‘ng bedarak ketgan sakkiz nafar askar halok bo‘ldi deb e’lon qilindi. Bu haqda 15-dengiz piyodalari korpusi ekspeditsiya guruhi o‘zining Twitter-akkauntida xabar berdi.

«7 ta dengiz piyodasi va 1 ta dengizchining qidiruv-qutqaruv ishlari nihoyasiga yetdi. Bedarak ketgan sakkiz nafar harbiy xizmatchining hammasi vafot etgan deb hisoblanadi», — deyiladi postda. «Qidiruv-qutqaruv ishlarini chuqur dard-alam bilan tugatdim», — deydi 15-ekspeditsiya otryadi boshlig‘i, polkovnik Kristofer Bronzi.

Chop etilgan hujjatga ko‘ra, qidiruv ishlari 40 soatlik operatsiyadan so‘ng to‘xtatilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Kaliforniya shtati qirg‘oqlarida Harbiy-dengiz kuchlarining mashg‘ulotlar chog‘ida amfibiya mashinasi halokati natijasida Amerika qo‘shinining bir nafar askari halok bo‘lgan, ikki nafari jarohatlangan va yana sakkiz nafari bedarak ketgandi. Harbiy-dengiz kuchlari va Qirg‘oqni qo‘riqlash xizmati bedarak ketganlarning qidiruv ishlarida qatnashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring