Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda «eng daxshatli» jinoyatchi qamoqqa olindi

AQShda «eng daxshatli» jinoyatchi qamoqqa olindi

AQShning Missuri shtatida «eng daxshatli» sifati bilan e’tiborga tushgan jinoyatchi hibsga olindi. Bu haqda The Smoking Gun nashri ma’lum qildi.

46 yoshli Maykl Kempbellning yuzi butunlay tatuirovka bilan qoplangan. Uning peshonasida pentagramma tasviri bor, burnida o‘rgimchak rasmi tushirilgan.

Erkak begona uyga yashirincha kirib, uxlab yotgan ayolni zo‘rlamoqchi bo‘lganidan keyin qo‘lga olingan. Shu bilan birga, bu paytda ayolning yonida sherigi ham bo‘lgan.

Bu Kempbellning birinchi hibsga olinishi emas. Agar u aybdor deb topilsa, umrbod qamalishi ham mumkin. 

Kempbellning o‘zi o‘z aybini tan olmadi va aslida ayol uni «jinsiy ta’qib qilganini» deb ta’kidlagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring