Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda Oyning bir bo‘lagi sotildi

AQShda Oyning bir bo‘lagi sotildi

Foto: «Ntv.ru»

AQShning Boston shahrida Oydan Yer yuziga tushgan meteorit kimoshdi savdosida sotildi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr».

Olti parchadan iborat 5,5 kilogrammli Oy meteoriti «RR Auction» auksion savdo uyida 612,5 ming dollarga sotildi.

Aytilishicha, meteorit Yer yuziga tushganidan so‘ng namlik tufayli uning ust qismi yorilgan.

Noyob tosh boshqa meteoritning urilishi natijasida Oy sathidan ancha uzoq vaqt oldin ko‘chgan. Shundan so‘ng olti million km. masofani uchib o‘tib, Yerga tushgan. Samo jismi 2017 yili Movritaniyada topilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring