Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

39 qavatli «Tramp Plaza» portlatib yuborildi (video)

39 qavatli «Tramp Plaza» portlatib yuborildi (video)

Skrinshot

AQShning Nyu-Jersi shtatidagi Atlantik-Siti shahrida ilgari AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga tegishli bo‘lgan 39 qavatli kazino va «Tramp Plaza» mehmonxonasi portlatildi. Portlash videosi mahalliy nj.com portalining yutub-kanalida joylashtirilgan.

Shaharning ko‘plab aholisi mashhur binoning buzilishini tomosha qilish uchun kelgan.

Muassasa 1984-yil may oyida ochilgan va shahardagi o‘ninchi kazinoga aylangan, ammo 2014-yilga kelib yopilgan. Muassasa yopilishi sababli minglab odamlar ishsiz qolgan. Kazino 2016-yilda faoliyatini to‘xtatgandan so‘ng, unga egalik qilish huquqi Trump Entertainment Resorts Icahn Enterprisesga o‘tadi.

Atlantik-Siti meri Marti Smoll 2020-yilga kelib nuray boshlagan binoni buzish haqida buyruq bergan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring