Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«AQShga chipta»: faqat uchta vaksinaga ruxsat bor

«AQShga chipta»: faqat uchta vaksinaga ruxsat bor

Foto: «Reuters»

Qo‘shma Shtatlarda 8 noyabrdan mamlakatga kirish uchun yangi qoidalar kuchga kirishi haqida yozgandik. Endi faqat to‘liq vaksina olganlar AQSh chegarasini kesib o‘ta olishadi. Ammo hammasi ham emas, bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Praysga asoslanib «RIA Novosti» xabar berdi.

Vaksina AQSh hukumati yoki Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart.

AQSh hukumati koronavirusga qarshi uch xil vaksinaga ruxsat bergan:

  1. «Pfizer/BioNTech»
  2. «Johnson&Johnson»
  3. «Moderna».

Ko‘rib turganingizdek, bular orasida Rossiyaning bironta vaksinasi, xususan, «Sputnik V» yo‘q, qolaversa, uni JSST ham tasdiqlagan emas.

Dunyoning aksariyat mamlakatlarida qo‘llanilayotgan Xitoy vaksinalari hamda «AstraZeneca» (Buyuk Britaniya–Shvetsiya) vaksinasi ham hozircha Amerikaga «chipta» vazifasini bajara olmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring