Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Argentinada 6,1 balli zilzila sodir bo‘ldi

Argentinada 6,1 balli zilzila sodir bo‘ldi

Foto: volcanodiscovery.com

Argentinada 6,1 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda yakshanba, 10-yanvar kuni Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologik markazi (EMSC) vakillari ma’lum qilishdi.

Ta’kidlanishicha, zilzila Jujuy provinsiyasida qayd etilgan. Tabiiy hodisa UTC vaqti bilan soat 03:54 da (Toshkent vaqti bilan 08:54) kuzatilgan.

Seysmologlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yer osti silkinishlar manbai 185 kilometr chuqurlikka to‘g‘ri keladi. Zilzila epitsentri San-Antonio-de-los-Kobres shahridan 44 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Zilzila natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vayronagarchiliklar, qurbonlar va jarohatlar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q, deya xabar berdi «RIA Novosti».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring