Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armaniston muxolifati bosh vazirlikka nomzodni ilgari surdi — Manukyan

Armaniston muxolifati bosh vazirlikka nomzodni ilgari surdi — Manukyan

Vazgen Manukyan.

Foto: «REGNUM»

Armaniston muxolifati hukumat rahbarligi uchun Vazgen Manukyan nomzodni ilgari surmoqda. Manukyan 17 ta partiyaning yagona nomzodi, deya xabar berdi «Vesti».

Xabarga ko‘ra, Rossiya bilan aloqalarni rivojlantirish tarafdori sanalgan Manukyan Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha Rossiya-Ozarbayjon-Armaniston uch tomonlama kelishuvini ham qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Vazgen Manukyan o‘z dasturini 5-dekabrda Yerevanda belgilangan mitingda bayon etishi kutilyapti. Ammo bungacha ham sabri chidamagan ayrim muxolifatchilar 3-dekabrdan aksiyani boshlab yuborib, markaziy ko‘chalardan birini to‘sib qo‘yishgan. Politsiya bir necha kishini hibsga olgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring