Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bitta xato to‘rt yuz millionga tushdi

Bitta xato to‘rt yuz millionga tushdi

Foto: «BBC»

Avstraliya zaxira banki (RBA) chiqargan 400 millionlik 50 dollar qiymatidagi banknotalarda xato topildi. «News.com.au» xabariga ko‘ra, shundan 46 million pul muomalaga chiqib ketgan.

Kupyurada G‘arbiy Avstraliya Qonunchilik yig‘ini ilk deputat ayoli Edit Kouendan keltirilgan jumlada «burch» so‘zi xato ketib qolgan — responsibility o‘rniga responsibilty.

Nuqsonni  topgan foydalanuvchilardan biri internet orqali ma’lum qildi. Unga javoban RBA vakili o‘tkazib yuborilgan xatolik bank tomonidan ham aniqlanganini va keyingi chop etishda to‘g‘rilanishini ma’lum qildi. Uning tushuntirishicha, kupyuralar har qancha qattiq tekshirilmasin, baribir xatoliklar uchrab turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring