Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtobus daryoga quladi: ganalik yosh futbolchilar halok bo‘lishdi

Avtobus daryoga quladi: ganalik yosh futbolchilar halok bo‘lishdi

Foto: «Rsport.ria.ru»

Shanba kuni oqshom daryoga avtobus qulashi oqibatida Gana yoshlar ligasining sakkiz nafar futbolchisi halok bo‘ldi, deya xabar berdi «Sports World Ghana» portali.

Ta’kidlanishicha, olti nafar futbolchi voqea joyida vafot etgan, ikki nafari olgan jarohatlari natijasida mahalliy shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Yana to‘rt nafar yosh futbolchi og‘ir ahvolda bo‘lib, shifokorlar ularga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatmoqda. Halokat oqibatida yana 24 nafar kishi shifoxonaga yetkazilgani, ularning jarohatlari jiddiy emasligi aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchilar Gana yoshlar futbol ligasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish maqsadida Kumasi shahri yaqinidagi aholi punktiga ketayotgan bo‘lishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring