Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahaybat timsohning oshqozonidan yo‘qolgan odam qoldiqlari topildi (foto)

Bahaybat timsohning oshqozonidan yo‘qolgan odam qoldiqlari topildi (foto)

Foto: «The Mirror»

AQShda ulkan timsoh oshqozonidan 2021-yil avgust oyida yo‘qolgan erkakning qoldiqlari topildi. Bu haqda The Mirror ma’lum qildi.

71 yoshli Timoti Satterli 30-avgust kuni Nyu-Orlean shimoli-sharqida, Luiziana shtatining Slaydell shahridagi uyi yaqinida yo‘qolgan. Amerikalikning rafiqasi ulkan timsoh suvga to‘lgan omborxona yerto‘lasini ko‘zdan kechirgani borgan turmush o‘rtog‘iga qanday tashlanganini ko‘rgan. Natijada erkak qo‘lidan jarohatlangan.

68 yoshli ayol erini zinapoyadan sudrab chiqib, yordam chaqirish uchun ketgan. Biroq qaytib kelganida u yerdan Timotini topa olmagan.

Politsiya bu odamga ulkan timsoh hujum qilganini taxmin qilgan va yirtqichni qidira boshlagan. Sentyabr oyida uzunligi 3,6 metr va vazni 226 kilogramm bo‘lgan yirtqich tutilib, o‘ldirilgan.

Gigant timsohning oshqozonida odam suyaklari topilgan, DNK ekspertizasi ular yo‘qolgan Timoti Satterliga tegishli ekanligini tasdiqlagan.

Tahlillar 11 ta bandga to‘g‘ri kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring