Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bankni o‘margan amerikalik hammani pul bilan tabrikladi

Bankni o‘margan amerikalik hammani pul bilan tabrikladi

Foto: «Idntimes.com»

Amerikaning Kolorado-Springs shahrida (Kolorado shtati) bir odam bankni o‘margach, ko‘chaga yugurib chiqqan va pulni socha boshlagan, deb yozadi «Hill» nashri.

Hodisa dushanba kuni kechasi sodir bo‘lgan. Guvohlarning «KKTV» telekanaliga ma’lum qilishicha, o‘g‘ri shu yaqin oradagi qahvaxonaga borgan va huquq-tartibot organlari xodimlarini kutib o‘tirgan. Politsiya uning 65 yoshli Devid Oliver ekanini aniqladi.

Politsiya xabariga ko‘ra, qo‘lga olish paytida Oliver qarshilik ko‘rsatmagan, yonidan qurol ham topilmagan. Nashrning yozishicha, o‘tkinchi yo‘lovchilar o‘g‘ri sochib yuborgan pullarni to‘plab, bankka qaytarib olib kelishgan.

Bankdan o‘g‘irlangan pul miqdori noma’lum. Shunga qaramay, politsiya serjanti Jim Jeffokatning so‘zlariga ko‘ra, hodisa natijasida «ming dollar» g‘oyib bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring