Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bedarak ketgan sayyoh akulaning qornidan chiqdi

Bedarak ketgan sayyoh akulaning qornidan chiqdi

Foto: «Goodfon.ru»

Fransiyaning Reyunon orolida akula shotlandiyalik sayyohni tilka-pora qilib tashladi. Bu haqda «Daily Mail» nashri xabar berdi.

2-noyabr, shanba kuni turmush o‘rtog‘i bilan dam olishga kelgan 44 yoshli sayohatchi Hind okeanida cho‘milishga ketib, qaytib kelmagan. Ayoli hammani oyoqqa turg‘izib, qidiruv-qutqaruv operatsiyasini tashkil etdi. Vertolyot, dengiz kemalari, dayver va iskovchi itlar yordamidagi qidiruv ishlari besamar ketdi.

Bir necha kundan so‘ng sayyohlik sohilida hordiq chiqaruvchilarga xavf soluvchi akulani payqab qolishdi. Yirtqich baliq yorib ko‘rilganida qornidan yo‘qolgan sayyohning nikoh uzugi taqilgan qo‘li chiqdi.

Odam qoldiqlari DNK tekshiruviga yuborildi. Biroq g‘oyib bo‘lgan shotlandiyalikning turmush o‘rtog‘i erining nikoh uzugini tanib qoldi.

Reyunon Madagaskardan 700 kilometr sharqda Hind okeanida joylashgan. Orol Fransiyaning dengiz orti hududi hisoblanadi. Ko‘pgina mahalliy qirg‘oqlarda yirtqichlar ko‘pligi bois cho‘milish va serfing bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. Oxirgi uch yil ichida Reyunon sohillarida 24 ta akula hujumi qayd etilgan bo‘lib, ulardan 11 tasi odamlarning o‘limi bilan tugagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring