Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Berdimuhamedov o‘z o‘g‘lini iqtisodiyot va qurilish vaziri etib tayinladi

Berdimuhamedov o‘z o‘g‘lini iqtisodiyot va qurilish vaziri etib tayinladi

Foto:«Fergana»

7-fevral kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov buyrug‘i bilan Serdar Berdimuhamedov iqtisodiyot va qurilish vaziri etib tayinlandi.

Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston yetakchisining katta o‘g‘li sanaladi. U 2019-yilning iyunidan Axa viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida viloyat paxta topshirish rejasini birinchilardan bo‘lib bajardi.

Serdar 2019-yil iyungacha Axal viloyati hokimi o‘rinbosari, undan avval esa tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan, shuningdek Turkmaniston parlamenti deputati sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring