Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Berdimuhammedov «Singapur iqtisodiy mo‘jizasi»ga qiziqib qoldi

Berdimuhammedov «Singapur iqtisodiy mo‘jizasi»ga qiziqib qoldi

Foto:«Sputnik»

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov rasmiy tashrif bilan Singapur davlatiga tashrif buyurgan. Bu haqda «Xronika Turkmenistana» nashri yozmoqda.

Berdimuhammedov u yerda Singapurning yirik biznezmenlari bilan ham uchrashgan.

«Biz Singapurni qisqa vaqt ichida jahonning yetakchi davlatlaridan biriga aylantirgan iqtisodiy mo‘jizasi haqida ko‘p eshitganmiz», – deya ta’kidlab o‘tgan Turkmaniston rahbari uchrashuvda. Va shuningdek, o‘z mamlakatidagi islohotlar haqida ham gapirib o‘tgan.

Turkmaniston Singapur bilan energetika, kimyo, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalarda aloqalarni kuchaytirish niyatida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring