Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Va’dasiga sodiq nomzod» pullarini sochmoqda — 500 million dollar

«Va’dasiga sodiq nomzod» pullarini sochmoqda — 500 million dollar

Foto: ONT

AQSh prezidentligi uchun nomzod — Maykl Blumberg saylov kampaniyasiga shu paytgacha 500 million dollardan ortiq (509,5 mln. dollar) mablag‘ini sarfladi. Nomzodlar tomonidan to‘langan reklama vaqtini hisoblovchi «AdvertisingAnalytics» kompaniyasi bu haqda «Twitter»da xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, hozir AQShda saylov jarayonining partiya ichidagi kurashi ketmoqda, eng munosib nomzod aniqlanganidan keyin raqib partiya bilan kurash boshlanadi.

Solishtirish uchun: Blumberg saylov kampaniyasiga 500 mln. dollar sarfladi — uning Demokratlar partiyasidagi jami olti nafar raqibi jami bo‘lib $370 mln. sarflashgan.

Yana bir ma’lumot: Maykl Blumbergning jami boyligi 50 mlrd. dollardan oshadi, buniyam hisoblash qiyinmas, demak, u shu paytgacha «siyosiy karera» qilish uchun bor davlatining 1 foizini ishlatdi.

Yana bir jihatni eslatib o‘tish o‘rinli, 78 yoshli Maykl Blumbergning bayonotlari ham buni tasdiqlaydi, unda shaxsan o‘zi prezident bo‘lishdan ham ko‘ra amaldagi prezident Donald Trampni «taxtdan tushirish» istagi yuqoriroq. Blumberg buning uchun hatto bor boyligini sarflashga ham va’da bergandi. Uning boyligi qancha ekanini esa bilasiz...

Maykl Blumberg prezidentlik poygasiga roppa-rosa uch oy avval — 24-noyabr kuni qo‘shilgandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring