Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMT 2020 yilda global ocharchilik keskinlashishidan ogohlantirdi

BMT 2020 yilda global ocharchilik keskinlashishidan ogohlantirdi

Foto: «Hashtelegraph.com»

O‘tgan yili sayyoramizdagi 700 million kishi ocharchilik muammosiga yo‘liqqan edi, 2020 yilda vaziyat yanada og‘irlashadi. Oxirgi besh yilda ochlar soni 60 million kishiga oshdi. BMT dushanba, 13-iyul kuni havola qilgan hisobotda tafsilotlar ochiqlangan.

Mutaxassislar ovqat yetishmovchiligi bo‘yicha eng ko‘p holatlar Osiyoda (381 million kishi ochlikdan azob chekmoqda) kuzatilayotgani, ocharchilik eng tez Afrikada (250 million kishi) tarqayotganini qayd etishdi. Uchinchi o‘rinda esa Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlari — 48 million kishi to‘yib ovqat yemaslikdan qiynalmoqda.

«Koronavirus pandemiyasi global oziq-ovqat tizimining himoyalanmaganligi va nomuvofiqligi holatlarini borgan sari kuchaytiryapti. 2020-yilda ochlikdan azob chekayotganlar qatoriga yana 132 million kishi qo‘shilishi kutilyapti», — deyiladi BMT hisobotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring