Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT bosh kotibi pandemiyada foyda ko‘rgan boylarni soliqqa tortishni taklif etdi

BMT bosh kotibi pandemiyada foyda ko‘rgan boylarni soliqqa tortishni taklif etdi

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish kambag‘al davlatlarning qarzlarini to‘lash uchun muddatni kechiktirishni 2022-yilgacha uzaytirishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, qarz inqirozini ayrim qashshoq mamlakatlarni to‘lovdan ozod etish orqali hal qilish mumkin.

«Men G20ning qarzdorlik to‘lovini joriy yil oxiriga qadar uzaytirilishini qo‘llab-quvvatlayman. Lekin to‘lovlarni 2022-yilgacha uzaytirsak juda ham yaxshi bo‘lar edi», degan Guterrish rivojlanishni moliyalashtirish bo‘yicha forumda.

Bundan tashqari, u COVAX vaksinasini tarqatish mexanizmini moliyalashtirishdagi bo‘shliqni bartaraf etishga ham chaqirgan.

«Rivojlanish uchun yordamga har qachongidan ham ko‘proq muhtojlik bor, ushbu loyihani moliyalashtiruvchilarni uni yanada kuchaytirishga chaqiraman», degan u.

«So‘nggi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan yil davomida dunyodagi eng boy odamlarning boyligi 5 trillion dollarga ko‘paygan», - deydi bosh kotib.

Gutterish hukumatlarni haddan tashqari tengsizlikni kamaytirish maqsadida pandemiya paytida foyda ko‘rganlarga soliq solish masalasini ko‘rib chiqishga chaqirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring