Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

700 kishi qo‘ziqorindan zaharlandi, 9 kishi halok bo‘ldi

700 kishi qo‘ziqorindan zaharlandi, 9 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Sputnik»

Eron g‘arbida 700 kishi qo‘ziqorindan zaharlandi, 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Eronning avariya xizmati vakili Mujtabu Xolidiyning «ISNA» agentligiga bergan ma’lumotlariga asoslanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Xolidiyning so‘zlariga ko‘ra, Kermanshoh, Kurdiston, Luriston, Zinjon, G‘arbiy Ozarbayjon va Qazvin viloyatlarida 721 kishi qo‘ziqorindan zaharlangan. Ulardan 50ga yaqinining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Bir nechasining jigarini transplantatsiya qilish zarur.

Yasuja tibbiyot universitetining ma’lum qilishicha, zaharli qo‘ziqorinning tashqi ko‘rinishi va ta’mi kishi havasini keltiradi. Qo‘ziqorinning zaharli ekanini faqat laboratoriya tekshiruvidan so‘nggina bilish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring