Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boris Jonson Brexit bo‘yicha zaxira rejasini ishga soldi

Boris Jonson Brexit bo‘yicha zaxira rejasini ishga soldi

Foto: BBC

Agarda Yevropa itifoqi uning mamlakat blokni tark etishi haqidagi taklifini qabul qilmasa, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonda ikkinchi reja ham bor. Bu haqda «Bloomberg» o‘z manbalariga asoslanib xabar bermoqda.

Bekstop rejimi, ya’ni Jonsoning zaxira rejasiga ko‘ra, Brexit dan so‘ng britanlar butunlay orani ochdi qilib ketmaydi — Shimoliy Irlandiya muayyan muddatga YeI yagona bozori va Bojxona ittifoqining bir qismi bo‘lib qolaverishi mumkin. 

Bungacha Yevroparlament Jonson Britaniyani YeI tarkibidan chiqarish shartlari bo‘yicha kiritgan taklifni muammoli vaziyatlarga yechim yo‘q deya qaytargan edi.

Bunga javoban, 2-oktyabr kuni Boris Jonson agarda YeI taklif etilayotgan shartlarga ko‘nmasa, Brexit «qattiq» ssenariy bo‘yicha davom etishini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring