Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliya oziq-ovqat mahsulotlaridagi transyog‘larga qarshi kurashmoqda

Braziliya oziq-ovqat mahsulotlaridagi transyog‘larga qarshi kurashmoqda

Foto: «Stroiniashka.ru»

Braziliya sog‘liqni saqlash milliy agentligi (Anvisa) oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi transyog‘larni taqiqlashga qaror qildi, deydi muassasa vakillari.

«RIA Novosti»ning xabariga ko‘ra, agentlik «2023-yilgacha transyog‘larni qisman foydalanishni taqiqlashni» rejalashtirmoqda.

Bunday chora oziq-ovqat mahsulotlari importiga ham taalluqli.

Transyog‘lar — sun’iy sintez yo‘li bilan hosil qilingan mahsulot bo‘lib, muzlatilgan pitssa, pechene, pirojniylarda uchraydi. Olimlarning fikricha, ular xolesterin oshishiga olib keladi. Buning oqibatida yurak-qon tomir kasalliklari kelib chiqadi.

2004-yildan boshlab Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, 49 mamlakatda, jumladan, AQSh, Kanada, YeI mamlakatlari, Chili va Argentinada mahsulotlardagi trasnyog‘larni cheklash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring