Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Britaniya Yevropa ittifoqidan 2020-yil 31-yanvarida chiqib ketadi — Boris Jonson

Britaniya Yevropa ittifoqidan 2020-yil 31-yanvarida chiqib ketadi — Boris Jonson

Foto: «Strelci»

Londonda o‘z saylovchilari qarshisida nutq irod etgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Yevropa ittifoqini Britaniya to‘liq tarkibda 2020-yilning 31-yanvar kuni tark etishini ma’lum qildi.

«Biz Brexitni belgilangan muddatda — 31-yanvar kuni hech qanday «lekin», «agar», «bo‘lishi mumkin»larsiz tark etamiz» — dedi Boris Jonson.

Jonsonning ta’kidlashicha u va Konservatorlar partiyasining saylovlardagi g‘alabasi Brexit masalasi bo‘yicha qayta referendum o‘tkazishga ehtiyoj qolmaganini anglatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring