Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Britaniyada xunrezlik sodir etildi

Britaniyada xunrezlik sodir etildi

Foto: «AP Photo/Eric Gay»

Buyuk Britaniyaning Devon va Kornuoll grafliklari politsiyasi Plimut shahridagi voqea haqida xabar berdi. Pivoxona yaqinida to‘rt kishi pichoqdan jarohatlanishdi, gumondor shaxs qo‘lga olindi.

«Politsiya bo‘linmalari yetib kelishganda to‘rt nafar kishi jiddiy jarohatlanganini, lekin jarohat hayot uchun xavf solmayotganini aniqlashdi. Ularning hammasi muolaja olish uchun «Derriford» shifoxonasiga yetkazilgan», — deyiladi «Twitter»ga joylangan politsiya bayonotida.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining ma’lum qilishicha, gumondor shaxs voqea joyidan qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq sal keyinroq Ekseter shahar atrofida qotillikka urinishda gumon qilinib hibsga olingan. U 50 yoshdan oshgan erkak kishi ekan. U ham dastlab shifoxonaga olib borilgan.

Politsiya tergov harakatlarini davom ettirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring