Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniyada kuchli to‘fon tufayli maktablar yopilmoqda

Buyuk Britaniyada kuchli to‘fon tufayli maktablar yopilmoqda

Buyuk Britaniyada «Shtorm Dennis» to‘foni suv toshqini va tartibsizliklarni keltirib chiqarmoqda. Bu haqda BBC xabar berib o‘tdi.

Buyuk Britaniyada qutqaruv xizmatlariga ortiq suv toshqini to‘g‘risida 300 dan ortiq ogohlantirishlar tushgan. Rasmiy London evakuatsiya choralarini ko‘rishga tayyorlanmoqda. Bunga daryolar sathi yana-da ko‘tarilishi sabab bo‘lishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, toshqinlar natijasida ba’zi maktablar vaqtincha yopilgan.

Toshqinlar shuningdek turizm sohasiga salbiy ta’sir qilmoqda. Ichki yo‘llarning ba’zilari yopilgan va ayrim aholi punktlaridan aholini evakuatsiya qilish boshlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring