Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Daryoni suzib o‘tgan tank jurnalistlarni hayron qoldirdi (video)

Daryoni suzib o‘tgan tank jurnalistlarni hayron qoldirdi (video)

Foto: «Inosmi.ru»

Argentinaning «Clarin» gazetasi jurnalistlari Markaziy harbiy okrugning T-72BZ tanklari ekipajlari ishtirokida o‘tkazilgan mashg‘ulot paytida olingan videoga e’tiborlarini qaratishdi. Rolikni Rossiya mudofaa vazirligi tarmoqqa joylagan.

Videoda Orenburg viloyatida besh metr chuqurlikdagi suv to‘sig‘ini yengib o‘tib, suvostida harakatlanish mahoratlarini oshirayotgan harbiylarni ko‘rish mumkin.

«Jangovar tankning suv ostiga butunlay g‘arq bo‘lib, keyin esa qirg‘oqning narigi tomonida paydo bo‘lishi va hech nima bo‘lmaganday harakatini davom ettirishi juda hayratlanarli», — deyiladi materialda.

Maqolada ta’kidlanishicha, Rossiya mudofaa vazirligining «hayratomuz videosi» «o‘ta ta’sirli».

Mualliflarning yozishiga ko‘ra, «so‘nggi avlod innovatsiyalari va tarkibiy o‘zgarishlar» yordamida harbiy texnikaning ushbu modeli ancha takomillashtirilgan. Jurnalistlar T-72BZ tankini suvosti kemasiga taqqoslashib, «tengi yo‘q halokatli qurol» deb atashgan.

Mudofaa vazirligining izohlashicha, harbiy mashinalar maxsus havo kanallari bilan jihozlangan. Harakatlanish chog‘ida tankchilar maxsus qurilmalar yordamida yo‘nalishini belgilagan hamda to‘xtash va keskin burilishlarga yo‘l qo‘ymagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring