Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubay dunyoda birinchi bo‘lib qog‘ozbozlikdan voz kechdi

Dubay dunyoda birinchi bo‘lib qog‘ozbozlikdan voz kechdi

Foto: «Bolerotour.ru»

Dubay hukumati butunlay raqamli texnologiyalarga o‘tib, dunyodagi birinchi qog‘ozsiz mahkamaga aylandi. Bu haqda Amirlikning valiahd shahzodasi, Dubay Ijroiya kengashi raisi shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Al Maktum ma’lum qildi, deya xabar beradi Amirlik axborot agentligi WAM shanba kuni.

«Bugun Dubayda hayotning barcha jabhalarini raqamlashtirishning yangi bosqichi boshlandi – biz qog‘ozsiz hukumatga o‘tishni butunlay yakunladik», – dedi u.

Bundan buyon barcha davlat operatsiyalari va aholiga xizmatlar faqat elektron texnologiyalar orqali amalga oshiriladi.

Valiahd shahzoda qog‘ozsiz hukumat tashabbusi Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) vitse-prezidenti va Bosh vaziri, Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum tomonidan to‘rt yil avval boshlanganini yodga soldi. O‘shanda u 2021-yildan boshlab amirlik ijroiya hokimiyati xodimlari ham, davlat xizmatlari iste’molchilari ham hech qanday hujjatni chop etishga ehtiyoj qolmasligiga va’da bergandi.

«Bugun bu va’da amalga oshdi», – dedi Hamdan bin Muhammad bin Rashid Al Maktum.

Endilikda amirlikning barcha davlat organlarida hamma ichki va tashqi hujjat aylanishi faqat elektron shaklda maxsus axborot platformalari orqali amalga oshiriladi.

Amirliklar ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu xizmatlar orqali 1,8 mingdan ortiq raqamli xizmatlar ko‘rsatilmoqda, 10,5 mingdan ortiq tranzaksiya amalga oshirilmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Dubayda elektron hukumatga o‘tish va hujjat aylanishini raqamlashtirish 2018-yilda qog‘ozsiz strategiya boshlanganidan buyon butun amirlik bo‘ylab 336 million qog‘oz varaqlari tejalgan. Bu 14 million soatlik inson mehnati va 1,3 milliard dirham (chamasi 353,8 million dollar) pulga teng.

Qog‘oz texnologiyasidan voz kechish istisnosiz barcha sanoat tarmoqlariga ta’sir qildi: uy-joy kommunal xo‘jaligi, politsiya, munitsipalitet, sudlar, sog‘liqni saqlash, diniy, madaniy va sport muassasalari, aeroportlar, shuningdek, ko‘plab savdo va tijorat tuzilmalari mazkur tashabbusga qo‘shildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring