Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 12 milliondan oshdi

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 12 milliondan oshdi

Koronavirus pandemiyasi boshlangandan hozirga qadar virus yuqtirganlar soni 12 million nafardan oshib ketdi. Bu haqda Jon Xopkins universiteti xabar bergan.

Aniq raqamlar 12 007 327tani ko‘rsatmoqda. 548,7 ming kishi vafot etdi, 6,5 kishi esa tuzalgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 millionlik dovon haqida 4-iyul kuni xabar qilingan edi. Demak, bor-yo‘g‘i 4-5 kun ichida koronavirus yuqtirganlar soni bir milliondan oshgan.

2020-yil 8-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra esa O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11092 (+110) nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring