Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyo okeanlarida maydoni O‘zbekistondan katta dahshatli orollar vujudga kelgan

Dunyo okeanlarida maydoni O‘zbekistondan katta dahshatli orollar vujudga kelgan

Foto: «Africa.zen.yandex.com»

Sayyoramizdagi eng katta «axlat oroli»ning maydonini Fransiya hududi bilan taqqoslash mumkin, dedi Jak-Iv Kustoning nevarasi, okean himoyachisi va tadqiqotchi Filipp Kusto va uning rafiqasi Ashlan Brok. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bergan.

«Okean o‘rtasida beshta ulkan «axlat oroli» bor. Ular o‘ziga xos okean oqimlari natijasida vujudga kelgan. U yerda dunyoning turli burchaklaridan oqib kelgan plastiklar yig‘ilgan. Eng katta «axlat oroli» Tinch okeanida joylashgan bo‘lib, u kattaligi bo‘yicha AQShning Texas shtatini ham ortda qoldiradi, maydoni bo‘yicha Fransiyaga teng», — dedi Brok.

Kustoning ta’kidlashicha, axlat oroli asosan daryolar orqali okeanga oqib keladigan plastiklardan tashkil topgan. Filipp Kusto asos solgan tabiatni muhofa qiluvchi «EarthEcho International» jamg‘armasi butun dunyodagi yoshlarni daryolarni plastik axlatlardan tozalashga chorlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring