Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng qimmat avtomobil raqami o‘z egasini topdi

Dunyodagi eng qimmat avtomobil raqami o‘z egasini topdi

Foto: «Khaleejtimes.com»

1-may kuni BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan xayriya auksionida avtomobillar raqami 10,35 million dollarga sotilib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Gulf News gazetasi xabar berdi.

«Ushbu xayriya dasturining bir qismiga aylanish imkoniyatini bergani uchun Shayx hazratlari Muhammadga (Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri va Dubay hukmdori) o‘z minnatdorchiligimizni bildirmoqchiman», — dedi ismini oshkor etmasliklarini so‘ragan AA9 xaridori.

U31, T38 va Ye51 davlat raqamlari ham kim oshdi savdosiga qo‘yildi. Umuman olganda, kim oshdi savdosi 13,2 million dollar olib keldi. Auksiondan tushgan mablag‘ kam ta’minlangan kishilarga oziq-ovqat tarqatish kampaniyasiga sarflanadi.

Auksion ishtirokchilari orasida Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri va Dubay hukmdori Muhammad bin Rashid Al Maktum ham bor edi.

Avtomobil raqamlarini sotish bo‘yicha avvalgi rekord ham Dubayda o‘rnatilgandi. 2016-yilda D5 ro‘yxatdan o‘tish belgisi qariyb 9 million dollarga baholangan.

Muqaddas Ramazon oyi boshlanishidan oldin Dubay ehtiyojmand kishilarga 100 million porsiya ovqat tarqatilishini e’lon qilgandi. Tashabbusni amalga oshirish uchun mablag‘larning bir qismi turli xil xayriya auksionlarida jamg‘ariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring