Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Dunyoning eng boy odami» maqomi yevropalikka o‘tdi

«Dunyoning eng boy odami» maqomi yevropalikka o‘tdi

Foto: «Pixabay»

«Argumenti.ru» xabariga ko‘ra, serhasham narsa-buyumlar sotishga ixtisoslashgan LVMH («Louis Vuitton Moët Hennessy») do‘konlar tarmog‘i ijrochi direktori Bernar Arno dunyoning eng boy odamiga aylandi.

Bernar Arno. Foto: «EADaily»

O‘tgan hafta oxirida LVMH aksiyalari narxi 0,7 foizga oshdi va Arnoning boyligiga 1,9 mlrd. dollar qo‘shildi. Ayni paytda fransuz milliarderining jami boyligi 117 mlrd AQSh dollariga baholanmoqda.

«Amazon» xo‘jayini Jeff Bezos endi ikkinchi o‘rinda — 115,6 mlrd. dollar.

Uchinchi o‘rinda esa «Microsoft» asoschilaridan biri Bill Geyts.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring