Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekologlardan ogohlantirish: dunyo bo‘ylab tabiiy falokatlar soni ortmoqda

Ekologlardan ogohlantirish: dunyo bo‘ylab tabiiy falokatlar soni ortmoqda

Foto:«Google Sites»

2000-yildan 2019-yilgacha bo‘lgan davrda dunyoda 11 mingdan ortiq noqulay ob-havo hodisalari qayd etilgan, natijada deyarli 480 ming kishi halok bo‘lgan. Ushbu vaqt ichida ko‘rilgan moddiy zarar 2,56 trlnni tashkil etmoqda. 

Germanwatch ekologik tashkiloti mutaxassislari tomonidan «Ekstremal tabiiy hodisalar sonining ko‘payishi iqlim o‘zgarishiga bevosita bog‘liq», deya xulosa qilingan bo‘lib, tashkilotning an’anaviy iqlim xavfining global indeksi (KRI) «2019-yil tarixga dahshatli bo‘ronlar yili sifatida kirdi», deya ta’kidlandi. 

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘ron, suv toshqini yoki qurg‘oqchilik kabi tabiiy ofatlarga ayniqsa zaif bo‘lib qolmoqda. Ammo rivojlangan mamlakatlarda ham tabiiy ofatlarning zarari o‘sib bormoqda.

Reytingga ko‘ra, 2019-yilda Mozambik, Zimbabve va Bagama orollari tabiiy ofatladan ko‘p jabrlangan bo‘lsa, kuchli o‘nlikka Yaponiya, Malavi, Afg‘oniston va Hindiston ham kiritilgan. Mozambik, Zimbabve va Malaviga Hind okeanining g‘arbiy qismidagi rekord darajadagi eng vayronkor siklon - Idai tropik sikloni ta’sir qilgani aytilmoqda. Uch mamlakatda jami 1100 dan ortiq odam vafot etgan va umumiy zarar 6 milliard dollardan oshib ketgan.

20 yil ichida yarim millionga yaqin qurbon

So‘nggi 20 yil ichidagi (2000-2019) ob-havoning keskin ta’sirini ko‘rib chiqadigan uzoq muddatli indeksda eng ko‘p Puerto-Riko, Myanma va Gaiti zarar ko‘rgan. Ulardan keyingi o‘rinlarda Filippin, Mozambik va Bagama orollari joylashgan.

Germaniya ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 18-o‘rinni egallagan. Germanwatch ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyada 20 yil ichida 10,7 mingdan ziyod kishi tabiiy ofatlar qurboniga aylangan, asosan haddan tashqari issiq va iqtisodiy yo‘qotishlar yiliga o‘rtacha 3,54 milliard yevro zarar keltirgan. 

Umuman olganda ekologlarning ta’kidlashicha, 2000-yildan 2019-yilgacha, dunyo bo‘ylab 11 mingdan ortiq tabiiy ofat ro‘yxatga olingan, natijada deyarli 480 ming kishi halok bo‘lgan. Ushbu vaqt ichida moddiy zarar 2,56 trillion AQSh dollarini (2,1 trillion yevro - tahr.) tashkil etgan.

Uzoq muddatli indeksda tabiiy ofatlarga eng zaif bo‘lgan o‘nta mamlakatning sakkiztasi jon boshiga kam daromad keltiradigan mamlakatlar guruhiga kiradi. Ammo tadqiqot mualliflari 2019-yilgi ko‘rsatkich bo‘yicha Yaponiyaning to‘rtinchi o‘rinni egallashi va Germaniyaning indeks bo‘yicha eng yaxshi 20 mamlakat qatoriga kirishi shundan dalolat beradiki, rivojlangan davlatlar ham ekstremal tabiiy hodisalar qurboniga aylanmoqda, deya qayd etadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring