Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ekvadorning sobiq vitse-prezidenti ochlik e’lon qildi

Ekvadorning sobiq vitse-prezidenti ochlik e’lon qildi

Foto: «Flickr»

Ekvadorning korrupsiyada ayblanib qamalgan sobiq vitse-prezidenti Xorxe Glas ochlik e’lon qildi. Bu haqda siyosatchining advokati Eduardo Franko Loor «Tvitter»da ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, qamohxonadagi inson chidab bo‘lmas sharoitlar sabab Xorxe Glas shu yo‘lni tanlashga majbur bo‘lgan.

— Uning jismoniy xavfsizligi va hayoti uchun javobgarlikni biz hukumatga yuklaymiz, — qo‘shimcha qildi advokat.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning oktyabr oyida korrupsiyada gumon qilingan Xorxe Glas o‘z uyida hibsga olingan edi. Shundan so‘ng u lavozimidan chetlatildi. Keyinchalik Ekvador sudi uni olti yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring