Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yerga yana bir ulkan asteroid yaqinlashmoqda – NASA

Yerga yana bir ulkan asteroid yaqinlashmoqda – NASA

NASA xabariga ko‘ra, Yerga Moskvadagi Ostankino minorasi kattaligida (540 metr) asteroid yaqinlashmoqda.

Tashkilot xabariga ko‘ra, 2000QW7 nomli asteroid 14-sentyabr kuni Yer shariga minimal masofada yaqinlashadi. Olimlarning aniqlik kiritishicha, asteroid sayyoramizga 5 million 331 ming kilometr uzoqlikda bo‘ladi.

Shuningdek, xuddi shu vaqtda Yerga yana bir yirik asteroid (o‘lchamlari 120 metrdan 260 metrgacha) yaqinlashishi kutilmoqda. Uni 2010CO1 deya nomlaganlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring