Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Eron bombasi otasi»ning qotilligida gumon qilinayotganlarning suratlari paydo bo‘ldi — OAV

«Eron bombasi otasi»ning qotilligida gumon qilinayotganlarning suratlari paydo bo‘ldi — OAV

Eron razvedkasi qidiruvidagi shaxslar.

Foto: «EADaily»

Eron hukumati rahbarlari bilan yaqin aloqalari borligi aytilayotgan, Londonda istiqomat qiluvchi eronlik jurnalist Tehron yadrochi-olim Muhsin Faxrizodaning qotilligida gumon qilinayotgan shaxslarning suratlarini tarqatganligi haqida xabar berdi.

Jurnalist (Muhammad Ahvaziy, tvitterda u M Majed nomi ostida ma’lum) qoldirgan ma’lumot darhol Isroil OAVlari e’tiboriga tushgani, xususan, asosiy ikki telekanalning 30 noyabr tonggi dasturlari bosh mavzusiga aylangani haqida «The Times of Israel» gazetasi yozmoqda.

Muhsin Faxrizoda. Foto: AFP

Xabarga ko‘ra, Eron razvedkasi mamlakatdagi barcha mehmonxonalarga to‘rt nafar erkakning suratini yo‘llab (gumondorlar bu yerlarda tunagan bo‘lishi mumkin), mehmonxona egalaridan ular haqida zudlik bilan xabar berishni so‘ragan.

Eron xavfsizlik kuchlari Iroq Kurdistoni bilan chegarada nazoratni yanada kuchaytirgan, terrorchilar shu yo‘nalishda mamlakatni tark etishga urinib ko‘rishlari mumkin, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Eronning yadro bombasi «otasi» sifatida ta’riflanayotgan Faxrizoda 27-noyabr kuni o‘z mashinasida ketayotgan chog‘i uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lgandi. U Eron mudofaa vazirligining tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha ishlari rahbari edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring