Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron koronavirusdan o‘lganlar sonini deyarli uch baravar kamaytirib ko‘rsatyapti — OAV

Eron koronavirusdan o‘lganlar sonini deyarli uch baravar kamaytirib ko‘rsatyapti — OAV

Foto: EPA

Eron hukumati koronavirus qurbonlari real statistikasini uch baravar kamaytirib ko‘rsatyapti. O‘z surishtiruvlari va manbalari asosida BBC shunday xulosaga keldi.

Jurnalistlarga ko‘ra, 20-iyulga kelib Eronda «COVID-19» simptomlariga ega qariyb 42 ming kishi vafot etgan. Rasmiy statistikada esa qurbonlar soni 14,5 ming kishi qilib ko‘rsatilgan.

Kasallik qayd etilishlari soni ham ikki hissa farqqa ega: jurnalistlar keltirgan ma’lumotda Eronda qariyb 451 ming kishi kasallikka chalingani keltirilgan, rasmiy ma’lumotda — 278,8 ming bemor.

Rasmiylar Eronda koronavirusdan ilk o‘lim holati fevralning oxirgi dekadasida yuz berganini tasdiqlashgan, OAV ma’lumotlarida esa bu sana — 22-yanvar.

«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra, bugun 4-avgust soat 06:10 holatiga ko‘ra, Eronda koronavirus qayd etilishlari jami soni 312 035 taga yetgan (jahonda 11-o‘rinda), vafot etganlar soni — 17 405 nafar. Bemorlarning 270 228 nafari (86 foizi) sog‘aygan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring