Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari o‘limga hukm qilindi

Eron mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari o‘limga hukm qilindi

Eron mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Alirizo Akbariy o‘limga hukm qilindi. Mamlakat razvedka vazirligi bayonotiga ko‘ra, Akbariy Britaniya maxsus xizmatlari foydasiga josuslik qilgan.

Alirizo Akbariy (suratda) 2019-yilda hibsga olingan, o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan oldirish uchun kuch ishlatilayotganini aytgan. 

«Eronning maxfiy strategik markazlaridagi britan razvedka xizmatining eng muhim agentlaridan biri fosh etildi. Uzoq davom etgan va ko‘p bosqichli aksilrazvedka amaliyotidan so‘ng u hibsga olindi. Alirizo Akbariy Britaniya xizmatidagi josus bo‘lib chiqdi», — Eron razvedka vazirligidan iqtibos keltirdi Tasnim agentligi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring