Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eski uyning yangi manzilga «ko‘chishi» 400 ming dollarga tushdi (video)

Eski uyning yangi manzilga «ko‘chishi» 400 ming dollarga tushdi (video)

Skrinshot

San-Fransisko (Kaliforniya shtati, AQSh)da 139 yil ilgari viktoriancha uslubda qurilgan uy boshqa joyga ko‘chirildi.

Uy egasi Tim Braun ko‘chishga 400 ming dollar sarflab, shahardagi 15 ta idorani ko‘ndirishiga to‘g‘ri kelgan.

Kattagina uy shahar ko‘chalaridan maxsus transportda olib o‘tilib, olti daha nariga joylashtirildi.

Reja avvaldan puxta o‘ylandi: ko‘chadagi daraxtlarning xalaqit beradigan shoxlari kesildi, yo‘l belgilari vaqtincha olib turildi, mashinalar turadigan joylar o‘zgartirildi.

Aytishlaricha, uylarning «ko‘chib yurishi» San-Fransisko uchun yangilik emas, bunaqa katta ko‘chish oxirgi marta 50 yil avval yuz bergan ekan.

Braunning viktoriancha uyiga ishlamayotgan o‘likxona yonidan joy topildi... Uning uyidan bo‘shagan joyda esa 48 xonadonli 8 qavatli uy qurishmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring