Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Estoniyada yig‘im-terimga o‘quvchilarni yuborish taklif qilinmoqda

Estoniyada yig‘im-terimga o‘quvchilarni yuborish taklif qilinmoqda

Foto: «News.ykt.ru»

Estoniya qishloq xo‘jaligi vaziri Arvo Aller qishloq xo‘jaligi ishlariga maktab o‘quvchilarini yuborishni taklif qildi. Bu haqda u «ERR»ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Yig‘im-terimga kim boradi? Buni o‘z kuchimiz bilan uddalashga harakat qilamiz, gimnaziya, maktab o‘quvchilari, talabalarni jalb qilamiz. Barcha imkoniyatlardan foydalanish kerak», — dedi u.

Vazirning fikricha, gimnaziya o‘quvchilari hamisha qishloq xo‘jaligiga — kartoshka yoki karam yig‘ishga yordam berishi zarur. Chunki jismoniy yuklama o‘smirlar uchun foydali. Faqat qishloq xo‘jaligi ishlari bilan o‘quv jarayoni o‘rtasida murosa bo‘lishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring